
Marselliklar Fransiya chempionatining so'nggi uchrashuvida "Tuluza"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi.
"Bu seriya boshlanishi deb umid qilyapmiz. Shunday bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Ammo buning uchun tinimsiz mehnat qilish kerak, chunki oldimizda "Lion"ga qarshi o'yin bor. Murabbiylar uchun g'alaba katta ahamiyatga ega emas, lekin biz uchun bu aksincha" - deydi Ayyu.