"Andijon"ning 429 daqiqalik "quruq seriyasi" yakunlandi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2014, 18:33
Azamat Abduraimov boshchiligidagi "Andijon" klubi oliy liganing 5-turiga kelib mavsumdagi ilk golini urdi.
"Dinamo"ga qarshi o'yining 69-daqiqasida Anvar Rajabov "burgutlar"ning 2014 yildagi dastlabki goliga mualliflik qildi. Rajabov uchrashuvda dublga erishganini takidlash lozim. Bahs "Dinamo"ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

"Andijon" dastlabki to'rtta o'yinda (360 daqiqa) va 5-turning 69 daqiqasida gol ura olmadi. Shu tariqa, "burgutlar"ning "quruq seriyasi" 429-daqiqaga kelib to'xtadi.

2014 yilgi oliy ligada gol ura olmagan klub qolmadi.


Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia