Andijonliklar Qozog'istondagi turnirda yana g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2019, 14:03
Avval xabar berganimizdek, Qozog'istonda MDH davlatlari o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Unda Andijon viloyati akademiyasi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etayotganini aytish lozim.

Lochin Guldaev boshqaruvidagi “AFA-SGS Shiringaz-2006” jamoasi o'z guruhida so'nggi o'yinda ham g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Bu safar ular Qozog'istonning “Ariston” jamoasi bilan ro'baro' kelib, yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda Saidbek Dehqonov bilan Bekmurod Abduraimjonov dublga erishgani e'tiborga molikdir.

Shoxrux Ishanov boshqaruvidagi “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasi ham o'z guruhidagi oxirgi o'yinini g'alaba bilan yakunladi. Qirg'izistonning “Olga-Bishkek” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda andijonliklar yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. “AFA-SGS Shiringaz-2005” jamoasining gollariga Akbarxo'ja No'monxo'jaev, Abubakir Rajabov hamda O'ktambek Abdumalikov mualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia