"Andijon"dan tushgan taklifni deyarli darhol qabul qildim" - Doniyor Abdumannopov

Sherzod Nurmatov
10 dek 2024, 14:27
"Andijon" tarkibiga qaytgan vinger Doniyor Abdumannopov yangi jamoasiga o'tishi haqida fikrlarini bildirdi.

"Men shu yerda tug'ilganman. Klub tarixda ilk bor Chempionlar Ligasida (OCHL-2 – tahr.) o'ynaydi, shuning uchun taklifni deyarli darhol qabul qildim. Bunday qaror qabul qilishimga yana bir omil bor – bu men uzoq vaqtdan beri tanigan, kasbiy faoliyatim davomida yordam berib kelayotgan Davron aka Shaymardanovning qo'ng'iroqlari", – dedi futbolchi.

Avvalroq Abdumannopov "burgutlar" bilan 2025 yilning 31 dekabriga qadar shartnoma tuzgani e'lon qilingan edi.

Abdumannopov yakunlangan mavsum "Paxtakor" safida 24 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia