"Andijon"da uch nafar kamerunlik legioner ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2021, 10:16
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Andijon" safiga uchinchi yig'in doirasida, 2 fevral kuni yana uch nafar legioner kelib qo'shiladi. Ushbu futbolchilarning barchasi Kamerun davlati fuqarosi hisoblanadi.


Mpako Etame Jerom
Markaziy hujumchi
24 yoshda
Bo'yi 183 sm
Vazni 73 kg

Nzimen Chamejeu Landri
Yarim himoyachi
22 yosh
Bo'yi 176 sm
Vazni 73 kg

Messe A Messi Paul
Tayanch yarim himoyachi
25 yosh
Bo'yi 192 sm
Vazni 90 kg



Eslatib o'tamiz, kuni kecha "Burgutlar" safiga Qirg'iziston terma jamoasi a'zosi Edgar Bernxardt kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати