Andijonda murabbiylik o'quv-kurslari bo'lib o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
22 dek 2017, 20:53
Andijon viloyatida bolalar murabbiylarini malakasini oshirib borishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan kuni-kecha Andijon shahrida 7 kunlik murabbiylar o'quv-kursi boshlandi. O'zbekiston futbol federatsiyasi va Andijon viloyati futbol federatsiyasi hamkorligida o'tkazilayotgan o'quv-kurslarda jami 24 nafar andijonlik yosh murabbiylar ishtirok etmoqda. Ushbu o'quv-kurslari Sho'rbuloq dahasida joylashgan, Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internatida o'tkazilmoqda. 7 kunlik murabbiylik o'quv-kursiga OFK instruktori Usmon Toshev boshchilik qilmoqda. Unga mahalliy mutaxassis Yazgeldi Kutdanov yordam berib bormoqda.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia