

Kecha jamoa Aralga qarshi maydonga tushdi va yirik 5:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Hozirda jamoada qozog'istonlik 19 yoshli iqtidorli yarim himoyachi Nurimbet Abinur, Surxonni tark etgan himoyachi Aziz Pirmuhammedov, OKMKdan himoyachi Jahongir Fozilov va aka-uka Diyor hamda Baxtiyor Tojievlar ko'rikdan o'tishmoqda. Agar futbolchilarning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, ushbu futbolchilar ikkinchi davrani burgutlar safida o'tkazishadi.
Andijon – Aral – 5:0 (2:0).
16 iyul. Toshkent. Do'rmon sport qarorgohi.
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Islom Azimov, Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Andrey Tambovsev.
Andijon jamoasining boshlag'ich tarkibi: Mohir Komilov, Islom Mamatkazin, Jahongir Fozilov, Aziz Pirmuhammedov, Abdurahmon Komilov, Shoxjahon Yorqinboev, Sherzod Esanov, Muhammadkarim Toirov, Rustam Turdimurodov, Nurimbet Abinur, Saidmurod Karimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shaxrom Samiev, Farhod Sohibjonov, Abdulvohid G'ulomov, Vagiz Galiulin, Maksim Sarraf, Ilhom Abdug'aniev, Farhod Bekmuratov, Diyor Tojiev, Levan Arveladze, Ilhom Alijonov, Sardor Azimov, Ildar Mamatkazin, Luka Zgurskiy, Baxtiyor Tojiev.
Aral jamoasining boshlang'ich tarkibi: Shoxjahon Nasimov, Bekzod Axmedjonov, Anvar Fayzullaev, Rasul Musaev, Narxon Sheripov, Shamsiddin Sadullaev, A'zam Aliev, Izzat Abdulxakov, Izzat Quttiboev, Aziz Umirbekov, Arslan Yusupbaev.
Gollar: Saidmurod Karimov, Nurimbet Abinur, Luka Zgurskiy, Farhod Bekmuratov, Bektemir Abdumannonov.



