

Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” davralar oralig'ida 10 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Bu yil o'z oldiga elitaga qaytishni asosiy maqsadlardan biri sifatida qo'ygan andijonliklar shunga monand oliy liga havosidan bahramand bo'lgan tajribali o'yinchilarni jamoaga taklif etdi. Bugun ular keng ommaga rasman “Andijon” a'zosi deya tanishtirib o'tildi.
Andijon shahridagi “Viloyat kasaba uyushmasi”ning majlislar zalida o'tgan tadbirga ommaviy axborot vositalaridan tashqari jamoaning bir qator ashaddiy ishqibozlari ham tashrif buyurdi. Dastlab taqdimot marosimida so'z, “Viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi” raisi Ozodbek Saidovga berildi. – Xabaringiz bor, davralar oralig'ida “Andijon” jamoamizni o'yinini yanada kuchaytirish va natijalarini yaxshilab, oliy ligaga chiqishi maqsadida tarkibda e'tiborga molik o'zgarishlarga qo'l urildi. Bosh murabbiy Usmon Toshev va rahbariyat birgalikda jamoa safiga malakali va shu bilan birga kelajagi porloq deya etirof etilayotgan futbolchilarni taklif etdi. Ikkinchi davrada endi hamma o'yinda ijobiy natija kutib qolamiz. Maqsad bitta – oliy ligaga qaytish. Umid qilamizki, bu yo'lda bosh murabbiy bor mahoratini ishga soladi va futbolchilar ham ko'ngildagidek o'yin namoyish etib, o'zlariga bildrilgan ishonchni oqlaydi – deydi Ozodbek Mahamadjonovich.
Shuningdek tadbir davomida jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ham fikrlarini bildirib o'tib, asosiy e'tiborni oliy ligaga chiqishga qaratilishini bildirdi. Bu yo'lda barcha bir bo'lib, jisplashishi muhimligini ham a'lohida ta'kidladi.
Muxlislar ham so'z olib ikkinchi davra oldidan jamoaga omad va zafarlar yor bo'lishini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan ayrim savollar bilan murojaat qildi.
Tadbir so'nggida odatga ko'ra, yangi futbolchilarning qaysi raqamli libosda xarakat qilishi e'lon qilinib, estalik uchun suratga tushildi.
# Ismi familiyasi Raqami
1. Eldor Isaboev – 1
2. Akmal Ortiqov – 87
3. Akmal Xolmatov - 8
4. Sobir Hamidov – 11
5. Hamza Karimov – 14
6. Ravshan Aslanov – 15
7. Furqat Hasanboev - 23
8. Rafik Karimov - 24
9. Siroj Hamroev - 27
10. Firdavs Asadov – 77.
“Andijon” matbuot xizmati.



