"Andijon" Xomyakov bilan bog'liq vaziyat yuzasidan rasmiy izoh berdi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 18:13
Bugun saytimiz orqali "Andijon" va Xomyakov mavzusida xabar chop etilgan, unda sobiq murabbiy oldidagi qarzdorlik haqida ma'lumot berilgandi.

Klub sport direktori Elbek Samatov mazkur masala bo'yicha klub matbuot xizmatiga quyidagilarni ma'lum qildi:

"Biz Aleksandr Xomyakov bilan o'zaro kelishuvga ko'ra hayrlashganmiz. Haqiqatan jamoamizning sobiq murabbiydan qarzi bor. Lekin muammo shundaki, klub unga to'lamoqchi bo'lgan qarz bilan Xomyakov so'rayotgan qarz o'rtasida tafovut borligi uchun ikki tomon hali bir to'xtamga kela olmagan. 

Buning natijasida Xomyakov FIFAga yozgan. Ammo bu masalada klub ham o'z munosabatini bildirgan va FIFAga murojaat qilgan. Ish hali to'liq yakuniga etgani yo'q va jarayon davom etyapti. Biz albatta ushbu masalaning yakuni bo'yicha yana jamoamiz matbuot xizmati orqali rasmiy ma'lumot beramiz".

"Andijon" va Xomyakov. FIFA murabbiy foydasiga qaror chiqardi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати