

Hokim viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i, viloyat futbol federatsiyasi birinchi vice-prezidenti, "Andijon" FK ishchi xodimlari hamda bir qator tashkilot rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazib, yangi mavsumga stadionni har tomonlama jiddiy tayyorlash va O'zPFL talabini to'la qondiradigan darajada ta'mirlash ishlari olib borilishi haqida topshiriq berdi.
Eng asosiysi maydonni ideal xolatga keltirish bo'yicha ham mas'ul xodimlarga kerakli topshiriq berib, nazorat jiddiy bo'lishini a'lohida ta'kidladi.
Shu tariqa ushbu yig'ilish bayoniga ko'ra, ertadan rasman ishga kirishiladigan bo'ldi.






