

Ilk bor tashkil qilinayotgan musobaqada jami 12ta jamoa ishtirok etish istagini bildirgan. Jamoalar 3ta guruhga ajratilgan,“A” va “B” guruhidagi jamoalar “Andijon viloyati Hokimi kubogi-2017” musobaqasi bosh sovrini uchun bahs olib borishsa “Havaskorlar” guruhidagi jamoalar alohida sovrin uchun kurashadilar.
“A” va “B” guruhidagi uchrashuvlar Andijon shahri Sho'rbuloq daxasidagi maktab-internati sun'iy qoplamali maydonida,“Havaskorlar” guruhi uchrashuvlari esa Bo'ston daxasidagi futbol maktabi maydonlarida o'tkaziladi.
“A” guruhi
“UzDongJu” (Andijon)
“UzTongXongKo”(Andijon)
“Neftchi” (Farg'ona)
“Navbahor” (Namangan)
“B” guruhi
“Andijon” (Andijon)
“Norin” (Haquloobod)
“Istiqlol” (Farg'ona)
“Xotira-79” (Uychi)
“Xavaskorlar” guruhi
“UzDongJu-2” (Andijon)
“AOZK” (Andijon)
“GM Uzbekistan” (Asaka)
“Barkamol Avlod” (Andijon)
“UzDongJu” FK matbuot kotibi Sherzodbek Mamadaliev tayyorladi.


