

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichiga asosan mahalliy futbolchilar taklif etilganini aytish lozim. Ularni o'quv-mashg'ulot va sinov-nazorat o'yinlari orqali ko'rikdan o'tkazish rejalashtirilgan. Bugun tushlikdan so'ng o'tkazilgan mashg'ulotda futbolchilar Sog'lom avlod stadionida asosan yugurish bilan cheklandi.
Mashg'ulotni mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov olib bordi. Darvoqe, o'tgan mavsum UzDongJu jamoasini boshqargan Mullaoxunov endilikda viloyatning bosh jamoasi Andijonda ish olib boradigan bo'ldi.
Ertaga futbolchilar dastlab tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va tushlikdan so'ng rejaga ko'ra Andijon futbol maktabining maydonida mashg'ulot olib boriladi.



