

Shubhasiz turning markaziy uchrashuvi Andijondagi Sog'lom avlod o'yingohida kechadi. Shu kuni Superliga yo'lida kurashayotgan Andijon jamoasi bu yo'ldagi principial raqiblaridan biri bo'lgan Termizning Surxon jamoasini qabul qiladi.
Andijon va Surxon jamoalari ishtirokidagi o'yinni hozirdan aytish mumkinki, qiziqarli va jangavor tarzda o'tadi.
Bo'lajak bahsda tabiiyki Andijonni faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi. Shunday ekan jamoaning ashaddiy ishqibozlaridan ham yuqori saviyadagi muxlislik talab etiladi.
Shu munosabat Andijon futbol klubi mamuriyati Andijon - Surxon uchrashuviga muxlislarning kirishini bepul etib belgiladi.
Shunday ekan muxlislarni shanba kuni Sog'lom avlod stadionida kutamiz!
Ma'lumot uchun, Andijon - Surxon uchrashuvining boshlanish vaqti soat 15:00ga belgilangan.



