Superliga. "Andijon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni tor-mor etdi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2026
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Andijon" – "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Andijon" – "So'g'diyona" 4:0  
27 fevral 2026 yil. Andijon, "Bobur Arena" stadioni. 18:45
Hakamlar:
Akobirxo'ja Shukurullaev, Islom Azimov, Avaz Abdullaev, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Komissar: Diyor Xotamqulov. 

Gollar: Nemanya Chalasan 13, - 1:0. Martin Boake 45, - 2:0 (Imeda Ashortia). Dragan Cheran 54, - 3:0 (Po'latxo'ja Xoldorxonov). Po'latxo'ja Xoldorxonov 84, - 4:0 (Martin Boake). 

"Andijon": 35.Rahimjon Davronov, 4.Igor Golban, 6.Aleksandre Andronikashvili, 8.Jamshid Boltaboev (18.Damir Temirov, 87), 9.Imeda Ashortia (11.Humoyunmirzo Iminov, 69), 10.Dragan Cheran (22.Usmonali Ismonaliev, 69), 15.Nemanya Chalasan, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 27.Martin Boake (19.Sayfiddin Sodiqov, 87), 33.Doniyor Abdumannopov (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 54), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 3.Ibrohim Yo'ldoshev, 26.Muhammadkarim Toirov.

"So'g'diyona": 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Otabek Ahadov, 8.Suhrob Izzatov, 9.Feysal Mulich, 10.Javohir Qahramonov, 14.Lyupcho Doriev, 21.Tohirbek To'xtasinov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov (7.Aleksandr Bolevich, 46), 32.Nodirjon Soyibov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 72), 70.Jasurbek Jaloliddinov.
Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 17.Ollabergan Karimov, 25.Kamoliddin Karimov, 29.Amirbek Saidov, 30.Muhammadayub Omonov, 77.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Aleksandre Andronikashvili 88, Otabek Jo'raqo'ziev 88. 


YANGILASH


90+4. O'yin tugadi, "Andijon" mavsumni 4:0 hisobidagi yirik g'alaba bilan boshladi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi 

88. Ogohlantirishlar. Andronikashvili va Jo'raqo'ziev

87. O'zgarishlar. "Andijon". Boake va Boltaboev o'rniga Sodiqov va Temirov tushdi

84. GOL! Po'latxo'ja Xoldorxonov Boakedan to'pni qabul qilib chap oyog'ida darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi, supergol - 4:0. 

80. ZARBA! Iminovning zarbasini himoyachi qo'li bilan qaytardi, xavfli jarima to'pi. Ismonalievning zarbasi jonli devordan qaytdi 

72. O'zgarish. "So'g'diyona". Soyibov o'rniga Jo'raqo'ziev tushdi

71. ZARBA! Iminovning zarbasi noaniq ketdi

69. O'zgarishlar. "Andijon". Cheran va Ashortia o'rniga Iminov va Ismonaliev tushdi 

65. "So'g'diyona"da zaxiradan tushgan Bolevich faol harkat qilmoqda, lekin sheriklari unga yordam bera olishmayapti 

62. Zarba! Ashortianing oshirgan to'pidan keyin Andronikashvili o'ta noaniq zarba berdi

60. ZARBA! Dorievning to'p uzatishidan keyin Mulich boshi bilan zarba berdi, Davronov o'z o'rnida! 

54. GOL! Dragan Cheran! To'xtasinovning qo'pol xatosidan keyin Xoldorxonov to'pni egallab sherigiga uzatdi, Cheran jarima maydoni ichidan gol urdi - 3:0. 

53. O'zgarish. "Andijon". Abdumannopov o'rniga Cheran tushdi 

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "So'g'diyona". Abdurashidov o'rniga Aleksandr Bolevich tushdi


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 2:0

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi 

45. GOL! Martin Boake! Ashortianing oshirgan to'pini Martin Boake darvozaga joylab qo'ydi - 2:0. Bu vaziyatda Qahramonov xatoga yo'l qo'ygandi

38. UXXX! Xavfli vaziyat! Cheranning chap qanotga uzatgan to'pini Abdumannopov darvozaga yo'lladi, Izzatov to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi! 

33. Xavfli vaziyat, Qahramonovning uzatmasidan keyin Abdurashidov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Chalasan to'pni qaytarib yubordi. Burchak to'pi naf keltirmadi

31. ZARBA! Cheran jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, birozgina noaniq!

30. "Andijon" hisobni ochib olgach asosan to'pni nazorat qilishga urinmoqda 

25. Maydonda kichik janjal, Cheran Abdurashidov bilan tortishib qoldi, hakam barchasini o'z joyiga qo'ydi

19. ZARBA! Jasur Jaloliddinov uzoq masofadan zarba berdi, Davronov o'z o'rnida

13. GOL! Nemanya Chalasan! 1:0. "Andijon" burchak to'piga ega bo'ldi, Mahamadjonovning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini Cheran boshi bilan sherigiga oshirdi, bu yerda Ahadovning boshiga tegib Chalasanga bordi, Nemanya bir harakat bilan boshi bilan gol urdi - 1:0. 

8. "So'g'diyona"da birinchi burchak to'pi, Doriev uzatgan to'pni darvozabon qaytarib yubordi

5. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar hujumkorroq o'ynashmoqda. Ammo golga tortadigan vaziyat yaratilgani yo'q.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:45da boshlanadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia