"Andijon" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Iskandarov Abdulaziz
24 yanv 2025, 08:45
Bu yil OCHLda ishtirok etadigan "Andijon" selekciya ishlarini to'xtatayotgani yo'q.

Klub yangi futbolchilarni taklif qilish bilan bir qatorda sobiq o'yinchilarini ham ortga qaytarmoqda. O'tgan 3 yil davomida "Bunyodkor" libosida to'p tepgan Usmonali Ismonaliev "Andijon"ning Antaliyadagi yig'inida qatnashmoqda. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi o'z uyiga qaytdi deya olamiz. 

Universal to'p tepar 2024 yil Superligada 24 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Transfermarket portali uning narxini 225 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia