"Andijon" "Sho'rtan"ning uch nafar futbolchisi bilan shartnoma tuzdi

Xayrulla Xoliqov
10 fev 2018, 09:22
Joriy mavsumni Pro-ligada o'tkazadigan "Andijon" o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida astoydil harakat qilmoqda.

Chunki jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan. Qashqadaryolik muxbirimiz Faxriddin Chorievning ma'lum qilishicha, andijonliklar yaqinda "Sho'rtan"ning uch nafar futbolchisi bilan shartnoma imzolashdi.

Bular - Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliev hamda Laziz Ubaydullaev. Muxbirimizning aytishicha, har uchala futbolchi yangi klubi bilan bir yillik kelishuvga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia