

Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi burgutlar Sog'lom avlod stadionida mashg'ulot o'tkazmoqda. O'tgan turda jaroxati sabab jamoaga yordam bera olmagan himoyachi Javlon Guseynov yana safga qaytdi va umumiy guruh bilan shug'ullanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Andijon - Neftchi o'yini 9 aprel kuni, soat 17:00 da boshlanadi.
Derbini boshqarib boruvchi hakamlar guruhi ma'lum!
Xabaringiz bor, 9 aprel shanba kuni oliy liganing 4-turidan o'rin olgan Andijon - Neftchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur vodiy derbisida ishlaydigan hakamlar guruhi ma'lum bo'ldi.
Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent).
Qanot hakamlari: Timur Gaynulin (Toshkent), Vladlen Lushin (Guliston).
Zahiradagi hakam: Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: Artyom Arutyunov.
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.



