"Andijon" matbuot xizmati: Sakaev lavozimini tark etgani yo'q

Narzulla Saydullayev
14 may 2019
Bir necha daqiqa oldin saytimizda "Andijon" bosh murabbiyi Ildar Sakaev iste'foga chiqqani haqida xabar chiqdi.

"Andijon" matbuot xizmati mazkur xabarni rad etdi.

"Klubda hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Sakaev boshchiligida jamoa futbolchilari "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda", - deydi "Andijon" klubi matbuot xizmati vakili.

Oldinroq Sakaev sport direktori lavozimi o'tkazilgani, uning o'rnini Jamshid Saidov egallagani haqida xabar chop etilgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia