"Andijon" futbolchilari bugungi uchrashuvni qora bog'ichda o'tkazadi

Alisher
15 iyun 2020, 15:43
Bugun "Andijon" jamoasi Muborakdagi "B. Vafoev" nomli stadionda Superliganing 4-tur doirasida "Buxoro" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Xabaringiz bor, yaqinda Andijon viloyati hokimi, "Andijon" futbol klubi prezidenti Shuhratbek Qo'shaqboevich Abdurahmonovning onasi - Saodatxon aya vafot etgandi. 

Shu munosabat bilan, "Andijon" futbol klubi futbolchilari bugungi uchrashuvni qora bog'ich ostida o'tkazib, o'z taziyalarini mana shunday tarzda bildirishga qaror qilishdi.

Eslatib o'tamiz, "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Buxoro shahridagi "Markaziy" stadionda ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, Muborak shahridagi B. Vafoev stadionida bo'lib o'tadi.

Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати