"Andijon": Boboqulov ketdi. Tarkibga Akbarov qo'shildi

2 fev 2016, 09:25
"Andijon" tarkibida o'zgarishlar davom etadi.

"Burgutlar"ning Andijonda o'tkazgan yig'inida ma'lum muddat ishtirok etgan hujumchi Feruz Boboqulov poytaxtdagi yig'inga taklif etilmagan. Endilikda bu futbolchi o'ziga yangi jamoa topishi mumkin. Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilardan esa Bobur Akbarovni aytish lozim. Andijonlik 27 yoshli futbolchi yana sobiq jamoasiga qaytdi. O'tgan mavsum "Navbahor" sharafini himoya qilgan Akbarov katta extimol bilan joriy yil "Andijon" uchun o'ynaydi. 

"Andijon" FK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia