"Andijon" 14 yildan so'ng OKMKni mag'lub etdi

Khoja
27 sen 2025, 09:21
Superliganing 22-turida "Andijon" o'z maydonida OKMKni qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda mezbonlar Usmonali Ismonalievning yagona goli evaziga g'alaba qozondi. Shu tariqa "burgutlar" 14 yildan so'ng OKMK ustidan g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi. "Andijon" oxirgi marotaba 2011 yilgi mavsumning 15-turida bu natijani qayd etgan edi. O'shanda Lochin Soliev tomonidan urilgan 90-daqiqadagi gol jamoaga 3 ochko olib kelgan. 

"Andijon" Superligada navbatdagi uchrashuvini 5 oktyabr kuni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia