"Andijon" 13 noyabr kuni Superligaga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 noya 2018, 21:58
PRO-liga yakunlanishiga ikkita tur qoldi.

Ayni paytda A guruhida "Andijon" klubi peshqadamlik qilmoqda. Ushbu jamoa keyingi turda o'z uyida Farg'onaning "Istiqlol" klubini mag'lub etsa, muddatdan avval birinchi o'rinni naqd qiladi.

Shunda "Mashal" ochkolari sonini "Andijon"ga etkazib olsa ham o'zaro o'yinlarga ko'ra pastda bo'ladi. Yani ikkala klubda ham 63tadan ochko bo'lsa "Mashal" o'zaro o'yinga ko'ra ikkinchi o'rinni egallaydi.

Bu mavsumdagi o'tgan 3ta o'zaro o'yindan 2tasida "Andijon" g'alaba qozongan, bitta bahsda durang qayd etilgan. Oxirgi o'zaro uchrashuv so'nggi turda Muborakda bo'lib o'tadi. Bu o'yinda "Mashal" yutgan taqdirda ham hech narsa o'zgarmaydi.



"A" guruhi. 35-tur
13 noyabr (seshanba)

14:30 - Norin - Mashal
14:30 - Andijon - Istiqlol
14:30 - Orol - Xorazm
14:30 - Sho'rtan - Surxon
Dinamo  dam oladi

"A" guruhi. 36-tur
19 noyabr (dushanba)

14:30 - Xorazm - Sho'rtan
14:30 - Istiqlol - Orol
14:30 - Mashal - Andijon
14:30 - Dinamo - Norin
Surxon  dam oladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia