Anchelotti: "Vinisiusning holati yomon deb o'ylamayman"

Mirjalol Normatov
18 sen 2022
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Vinisius Juniorning atrofida bo'layotgan voqeliklar haqida gapirdi.

"El Chiringuito" dasturi doriasida Ispaniya futbol agentlari associaciyasi prezidenti Pedro Bravo gol urganidan keyin Vinisius Juniorni maymunga o'xshab nishonlashini aytgandi. "Real"dagilar esa buni irqchilikka tegish sifatida baholadi.

"Klubning bayonoti tomon e'tiborni qaratmayman. Barcha e'tibor futbolda bo'lish kerak. Futbolchi o'zini yaxshi his qilyapti va navbatdagi uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda. U jamoaga yordam berib, g'alaba qozonishni istaydi.

Kiyim almashtirish xonasida bunday narsalarni gaplashmaymiz. Vinisius juda yaxshi holatda. U barchasidan mamnun. Viniga hech qanday maslahat ham bermayapman, chunki uning otasi yoki akasi emasman. Uning murabbiyiman holos", - dedi "Real" ustozi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito