

Madrid klubi bosh murabbiyi ayni paytda Vinisius Juniorni dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb hisoblashini aytdi.
Kecha "Real" Chempionlar Ligasi nimchorak final javob o'yinida Angliyaning "Liverpul" klubi ustidan o'z uyida kichik 1:0 hisobida ustun keldi. Yagona to'p Vinisiusning uzatmasidan keyin Karim Benzema tomonidan kiritildi. Birinchi o'yinda ham braziliyalik futbolchi 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
"Men uchun Vinisius dunyoda tengsiz. Bu o'yinda u gol urmadi, lekin juda yaxshi o'ynadi va assist qayd etdi", – dedi Karlo Anchelotti.
22 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda "qirollik klubi" uchun 40 ta o'yinda 19 ta gol urdi va sheriklarining 9 ta goliga hissa qo'shdi.



