Anchelotti "Roma" yoki "Milan"ni boshqarishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2015, 20:27
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Roma" yoki "Milan"da ishlashga rozi.

"Jonim bilan "Roma" murabbiyi bo'lardim. Klubni yaxshi ko'raman va Rimda yashash ham menga yoqadi. Shuningdek, "Milan"ga ham jon-jon deb qaytgan bo'lardim. Jamoa yozda bu borada taklif bilan chiqqandi. Lekin, men o'sha payt operaciya qilinishim kerak edi va shu sababli bir yil dam olishga qaror qildim.

Dam olish imkoni bo'lganidan xursandman. Hozir, mavsum o'rtasida shoshilib biror qarorga kelmoqchi emasman. Mavsum yakunida bu borada aniq gap ayta olaman", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football-italia.net