Anchelotti "Real"dagi yo'qotishlar xususida gapirdi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 16:25
Oldinda "qaymoqranglilar"ni 2 ta qiyin uchrashuv kutib turibdi.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi kadrlar bilan bog'liq vaziyat haqida to'xtalib o'tdi.

"Vinisius – men baholashim kerak bo'lgan futbolchilardan biri, chunki u barcha o'yinlarda qatnashdi.Benzema bilan esa hammasi joyida. U "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi. Azar maydonga tushishi mumkin, ammo hali tarkibni tuzib bo'lmadim. Kurtua o'zini yaxshi his qilmoqda. U yakshanba kungi "El-Klasiko"ga tayyor bo'lish uchun payshanba kuni mashg'ulotlarni boshlashni rejalashtirmoqda".

Oldinda "Real"ni Chempionlar Ligasida "Shaxtyor" (11 oktyabr) va La Ligada "Barselona" (16 oktyabr)ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal