Anchelotti Oltin to'pga kim loyiqligi haqida fikr bildirdi

Khoja
26 apr 2024
Real Madrid ustozi Karlo Anchelotti Oltin to'pga Vinisius Junior va Jud Bellingem loyiq ekanligini ta'kidladi.

Kim ko'proq munosib degan savolga, Real ustozi quyidagicha javob berdi: Har ikkisi ham bu yil Oltin to'pga munosib harakat qilmoqda.

Ma'lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 11 ta golli uzatma mavjud. Britaniyalik yarim himoyachi esa o'tayotgan mavsumda 36 ta bahsda maydonga tushib, o'z hisobiga 21 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga erishgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com