

"PSJga qaytish? Nega endi yo'q. Parij klubida yaxshi xotiralarim saqlanib qolgan. Biz Fransiya chempioni bo'lganmiz, jamoada Zlatan Ibragimovich darajasidagi futbolchilar o'ynagan. Ronalduga keladigan bo'lsak, u PSJga o'tadimi yo'qmi bilmayman. U "Real" tarixiga kirdi va rostini aytsam, Krishtianuni boshqa klubda tasavvur qila olmayman. Menimcha u faoliyatini "Real"da yakunlashi mumkin" - deydi Anchelotti.



