Anchelotti kechagi o'yinda jamoasidan ko'ngli to'lmaganini ma'lum qildi

Khoja
7 mar 2024, 07:31
“Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti jamoasining kechagi o'yiniga past baho berdi.

“Biz juda yomon o'yin ko'rsatdik. Jamoa juda kuchsiz harakat qildi. Bugungi uchrashuvda bizga sovuqqonlik yetishmadi, bizda qandaydir hayajon bor edi. O'yinimiz chiqmaganiga ruhiy tomonlama bosimda qolganimiz sabab bo'ldi.

Bugun biz hech nimadan qo'rqmaydigan va yo'qotadigan narsasi yo'q jamoa bilan o'ynadik. Ular tez o'ynashdi. Meni bir narsa xursand qildi, biz yomon o'yinimiz bilan ham keyingi bosqichga yo'l oldik”, - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com