Anchelotti Fergyusondan keyin MYUni boshqarishi mumkinmidi?!

Sherzod Nurmatov
23 dek 2020, 23:20
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining aytishicha, u 2013 yilda Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan keyin "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olishi mumkin edi.

"Bu haqda mendan nimanidir bilmoqchimisiz? Aytishim mumkinki, ser Aleks bilan hali ham fantastik munosabatdamiz. Biz u ketishga qaror qilganida uchrashgandik.

Ammo "Real" murabbiyligiga tayinlanishga yaqin edim. O'sha paytda Fergyuson menga murojaat qilganini qadrlayman. Hammasi shu, boshqa imkoniyat yo'q edi.

"Manchester Yunayted" – fantastik klub. "Chelsi"da ishlagan davrimda ser Aleks bilan ko'p marta to'qnash kelganmiz. Men MYUni juda qattiq hurmat qilaman. Bu jamoa "Milan", "Real Madrid" singari jahon futbolining tarixiy klubi", – dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com