Anchelotti Braziliya terma jamoasiga 25 maygacha javob berishi kerakmi? Murabbiyning o'zi haqiqatni aytdi

Aslanov Jasurbek
1 may 2023, 20:11
Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun muzokaralar o'tayotganini rad etdi.

Oldinroq, Braziliya futbol federatsiyasi Anchelottiga javobni 25 maygacha aytishi kerakligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

"Kelajagim haqida gapirmasligimni avval ham aytganman. Ammo dedlayn haqidagi mish-mishlar - yolg'on.

Hech qanaqa muddat yoki muzokaralar yo'q" - deydi "Real" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As