Anchelotti: "Benzema har mavsum 50ta gol urishi kerak"

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2021, 15:52
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Karim Benzema haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Karim har mavsum 50ta gol urishi kerak. Junior ham bu borada qo'shishi kerak. Ularning har biridan ko'plab gollar kutyapman. Benzema bilan yana ishlashdan juda mamnunman. U so'nggi mavsumlarda juda yaxshi qo'shdi va ko'proq mas'uliyatni o'z bo'yniga olishni boshladi", - deydi italiyalik murabbiy.

33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 9ta assist qayd etdi. 

Francuzning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS