Anchelotti: "Azar qaytdi, "Real" o'z o'yinini ko'rsata oldi"

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2021, 08:23
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasida "Atletik"ka qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu g'alaba biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu tarkib bilan oxirgi paytlarda deyardi o'ynamaganimizga qaramay, biz o'z o'yinimizni ko'rsata oldik. Nacho, Azar, Fede (Valverde), Kamivanga - ularning barchasi ajoyib o'yin va yuqori darajani namoyish etishdi. 

Azar qaytdi, bunga qo'shilaman (o'yin darajasi nazarda tutilmoqda). U yaxshi o'ynadi, maydonda yaxshi kurashdi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca