Anchelotti: “Alkantara yuragimni parchaladi”

Eldor Akmurzayev
19 sen 2020
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti “Liverpul”ning yangi a'zosi Tiago Alkantara haqida fikr bildirdi,

“U yuragimni parchaladi. Tiago – do'st. U qoyilmaqom futbolchi, ajoyib yarimhimoyachi. Faoliyatim davomida eng yaxshilarni tarbiyalash baxtiga muyassar bo'ldim va ularning orasida Tiago ham bor edi.

Yagona ijobiy tomoni shuki, endi u qo'shnim hisoblanadi. Bori shu.

O'ylashimcha, u jamoa tanlashda adashdi. Aslida esa u qizil emas, ko'k rangni tanlashi kerak edi. Hazillashdim.

U zo'r o'yinchi, Mening do'stim Yurgen esa undan mamnun bo'ladi”, deydi Anchelotti.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As