Anatoliy Timoshuk: "Noyerning aytishicha, "Borussiya", Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan paytidagidek kuchli emas"

Tolibjon Qosimov
5 fev 2014, 18:36
"Zenit" yarim himoyachisi Anatoliy Timoshuk peterburgliklarning Chempionlar Ligasidagi bo'lajak raqiblari "Borussiya" so'nggi paytlarda avvalgidek kuchli o'yin ko'rsatmayotganini ta'kidladi.
"Bir necha kun avval "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer bilan gaplashib, "Borussiya"ning bugungi holati haqida so'radim. Do'stimning aytishicha, "Zenit"ga bu o'yinda oson bo'lmaydi. Biroq dortmundliklar Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan paytlaridagidek kuchli ham emas.

Axir jamoani bir necha yetakchi futbolchilar tark etdi. O'rniga yangi futbolchilar keldi. Ularning o'ziga xos, betakror o'yin uslubi mavjud. Shuningdek ajoyib murabbiyga ham ega ular. Ammo ayni paytda ular o'z o'yinini topishga urinyapti.

Chempionatda "Bavariya"dan ancha ortda qolib ketishdi. Shundoq ekan ular asosiy etiblrni Chempionlar Ligasiga qaratishsa kerak", dedi Timoshuk.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru