Ana xolos! Sulsher "Bavariya"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 fev 2024
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Tomas Tuxel iste'foga chiqarilsa, "Bavariya"ga kelish ehtimoli bor.

Myunxen klubi rahbariyati norvegiyalikni joriy mavsum oxirigacha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlamoqchi.

Biroq "Bavariya"ning hozirgi asosiy rejasi – Tuxelni qoldirish.

Avvalroq Antonio Konte "Bavariya"da ishlash variantiga qiziqib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal