Ana xolos. "Sporting" narxni tushirmasa, MYU Fernandeshni olmaydi

Alisher
18 yanv 2020, 16:53
"Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"ga transferi amalga oshmasligi mumkin.

Ingliz klubi portugaliyalik futbolchi uchun so'ralayotgan 80 million evroni to'lamoqchi emas.

MYU uning o'rniga boshqa futbolchi nomzodini ko'rib chiqishga tayyor, ammo portugaliyalik o'yinchining transferi klub uchun bosh maqsad bo'lib turibdi.

Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" "Sporting"ga narx tushirilmasa, bitim imzolanmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli xavbek joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC