Ana xolos! Ronaldu "Nyukasl" va "Al Nassr" o'rtasida tanlov qiladi

Eldor Akmurzayev
23 noya 2022, 07:45
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida o'ylamoqda.

Ayni paytda unda ikkita asosiy variant bor: Angliyaning "Nyukasl" va Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klublari, deb yozadi "Marca".

Eslatib o'tamiz, har ikki klub Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon nomi bilan bog'liq. 

22 noyabr kuni "Manchester Yunayted" va 37 yoshli hujumchi o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi.

Britaniya matbuotiga ko'ra, Ronaldu shu tufayli 16 million funt sterling yo'qotadi.

Krishtianu Ronaldu Qatardagi Jahon chempionati boshlanishidan oldin Britaniyaning "The Sun" nashriga intervyu berib, amaldagi bosh murabbiy Erik ten Hagni hurmat qilmasligini aytdi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun