

Bu yangilikni klubga doir ishonchli manba ham tasdiqladi. Bizga ma'lum bo'lishicha, "Obod"ning O'zbekiston chempionatidan chetlatilishiga joriy mavsumdagi ishtirok uchun badal pullarini to'liq to'lamagani ko'rsatilgan.
Har holda bu borada aniq ma'lumotni baribir PFL bersa kerak. Eslatib o'tamiz, "Obod" ikkinchi davra boshlanganidan beri sakkizta o'yinda maydlonga tushib, hammasida mag'lub bo'ldi. Jamoa keyingi turni safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazishi kerak edi, lekin endi "Obod" futbolchilari Navoiyga borishmaydi.



