

Qizig'i shundaki, hozircha jami 16ta o'yin bo'lib o'tgan bo'lsa, shundan 9tasida darvozalar tomon penalti belgilandi. Lekin futbolchilarning hammasi ham 11 metrlik jarima to'pidan samarali foydalana olishmadi.
Xususan 16-turda belgilangan beshta penaltidan to'rttasi golga aylanmadi. 17-turda esa faqat bitta penalti amalga oshmay qoldi. Qolgan uchtasida futbolchilar mo'ljaldan adashishmadi.
16-turda penalti belgilangan o'yinlar
"DINAMO" - "METALLURG" 0:3
Nechta penalti qo'yildi? Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Metallurg" sardori Hikmat Hoshimov tepgan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
O'yinni kim boshqardi? Sherzod Qosimov
"NEFTCHI" - "SHO'RTAN" 1:1
Nechta penalti qo'yildi? Bitta
Penalti gol bo'ldimi? Yo'q. "Neftchi" futbolchisi Muzaffar Muzaffarov tepgan to'pni darvozabon qaytardi.
O'yinni kim boshqardi? Vadim Agishev

Suratga izoh: Muzaffar Muzaffarov (o'ngda) penaltidan gol urganida "Neftchi" g'alaba qozonardi
"OLMALIQ" - "BUXORO" 1:1
Nechta penalti qo'yildi? Ikkita
Penalti golga aylandimi? Faqat bittasi. "Olmaliq" yarim himoyachisi Shota Grigalashvili nuqtadan adashmadi, lekin Igor Yelichning zarbasi noaniq chiqdi.
O'yinni kim boshqardi? Ravshan Ermatov
"QIZILQUM" - "PAXTAKOR" 1:1
Nechta penalti qo'yildi? Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Paxtakor" yarim himoyachisi Tiago Bezerra tepgan to'p to'singa tegib qaytdi.
O'yinni kim boshqardi? Valentin Kovalenko
17-turda penalti belgilangan o'yinlar
"SO'G'DIYONA" - "LOKOMOTIV" 0:4
Nechta penalti qo'yildi? Bitta
Penalti gol bo'ldimi? Ha. "Loko" hujumchisi Marat Bikmaev mo'ljaldan adashmadi.
O'yinni kim boshqardi? Temur To'xtasinov
"NAVBAHOR" - "QIZILQUM" 3:2
Nechta penalti qo'yildi? Ikkita
Penalti golga aylandimi? Ha. "Navbahor" sardori Dilshod Jabborov va "Qizilqum" yarim himoyachisi Ilhom Yunusov 11 metrlik nuqtadan gol urishdi.
O'yinni kim boshqardi? Vadim Agishev

Suratga izoh: Ilhom Yunusov 11 metrlik jarima to'pini bexato bajardi
"BUXORO" - "NASAF" 1:0
Nechta penalti qo'yildi? Bitta
Penalti golga aylandimi? Yo'q. "Buxoro" hujumchisi Sanat Shixov nuqtadan to'p kirita olmadi.
O'yinni kim boshqardi? Valentin Kovalenko
Qiziq fakt: Vadim Agishev bilan Valentin Kovalenko ketma-ket ikkala turda ham penalti qo'ygan hakamlar bo'lishdi.
X.Xoliqov



