Ana xolos! Iguain "Milan"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
15 iyul 2018, 16:56
"Milan" "Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, bunday tashabbus bilan Turin superklubi egalari chiqishmoqda. "Milan" ayni damda katta qarzda bo'lsa ham "Yuventus" argentinalikni aynan "Milan"ga sotishni rejalashtirmoqda.

Klub Gonsaloni 60 mln evroga baholamoqda. Uning xizmatlariga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport