Ana xolos! "Barselona" ofisida tintuvlar: sobiq prezident Bartomeu hibsga olindi

Alisher
1 mar 2021, 17:16
"Barselona" sobiq prezidenti Josep Bartomeu hibsga olindi.

Shuningdek bosh direktor Oskar Grau va klubning huquqiy bo'lim boshlig'i Roman Gomes Ponti ham qo'lga olingan.

Bundan bir necha soat oldin "Barselona" ofisida tintuvlar boshlangan.

Tintuvlar klub rahbariyatining ijtimoiy tarmoqlarda ularni tanqid qilgan klubning hozirgi va sobiq o'yinchilari ustidan qoralash kompaniyasi o'tkazishda ayblash ishi bilan bog'liq.

Eslatib o'tamiz, taxminan bir oy oldin OAVda Lionel Messining shartnoma tafsilotlari oshkor bo'ldi. Bartomeu, Grau va Ponti bu ma'lumotlarning tarqalishida aybdor bo'lishi mumkin bo'lgan insonlar orasida edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail