Ana holos! PSJ ishtirokidagi 6:1 hisobida yakunlangan o'yin kelishilgan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 okt 2018, 21:04
UEFA YCHLda kelishilgan o'yinlar borasida taftish ishlarini boshladi.

Aytilishicha, tashkilotdagilar YCHLning 2-turi doirasidagi PSJ - "Crvena Zvezda" uchrashuvini kelishilgan deb baholagan.

UEFAdagi manbaga ko'ra, Belgrad jamoasining rahbarlaridan biri bukmekerlik kontoralaridan biriga jamoasining 5 to'p farqidagi mag'lubiyatiga 5 mln evro tikib qo'ygan.

Uchrashuv 3 oktyabr kuni Parijda o'tkazilgan va 6:1 hisobida yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports