"Amstyerdam Arena"ga Kruiff nomi berilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
25 mar 2016, 13:45
"Ayaks" va Gollandiya terma jamoasining uy stadioniga gollandiyalik afsonaviy futbolchi Yoxan Kruiff nomi berilishi mumkin.

Amstyerdam rahbarlari ushbu g'oya borasida sobiq futbolchining o'limidan so'ng bosh qotira boshlashdi. Ushbu fikr gazeta va muxlislarga ham yoqib tushdi. Shaharda stadionni nomini o'zgartirish borasida saylov bo'lishi mumkin.

Kruiff 24 mart kuni 69 yoshida vafot etdi. Futbolchining o'limiga o'pka raki sabab bo'ldi. Kruiffning og'ir hastaligi 20 oktyabr kuni Barselonadagi tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbal International