Amorim Garnacho yana nimalarni o'rganishi kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025, 23:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim vinger Alexandro Garnachoning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi.

"Unda iqtidor bor. U bu tizimda o'ynash uchun yo'llarni qidirmoqda, mashg'ulotlarda o'sishga harakat qilyapti. So'nggi o'yinda u asosiy tarkibda o'ynadi. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Menimcha u o'ziga bo'lgan qarashni o'zgartirdi.

Alexandro boshqa poziciyalarda ham o'ynashni o'rganishi kerak. U markazda o'ynagani yaxshiroq. Chunki u to'p yo'qotilganda poziciyani to'g'ri olishni ancha o'zlashtirdi.

Lekin bazida u oldinga o'tish kerak bo'lgan paytda boshqa joylarda bo'lib qolmoqda. Avvaliga jamoa himoyalanishni o'rganishi kerak deb hisoblayman, keyinchalik jamoaviy o'yinni qura olamiz", - dedi Amorim.

Oldinroq Garnachoga "Napoli" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal