Amorim 27 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" kelajagi deb atadi

Omonjon To`xtamirzayev
3 dek 2024, 20:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning 27 yoshli o'ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui haqida iliq fikrlar bildirdi.

"U yuqori darajali futbolchi. U o'yinni juda yaxshi tushunadi. Unda ajoyib texnika bor, hujumda qanday harakat qilishni biladi, yaxshi himoyalanadi va birga-bir vaziyatlarda ham sifatli o'yin ko'rsatadi. U chinakam zamonaviy futbolchi. O'ylashimcha, u jamoamiz kelajagi. U haqida o'ylar ekansiz, bizga Nussair kabi o'yinchilar ko'proq kerakligini tushunasiz. Bunday futbolchilar tempni boshqara oladi, to'p bilan ham yaxshi muomalada bo'ladi. Shunday ekan men uning o'yinidan to'liq qoniqyapman".

Yodingizda bo'lsa kerak, 27 yoshli Mazraui o'tgan yoz Myunxenning "Bavariya" klubidan MYU safiga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: manutd.com