Amor "Barselona" nega hujumchi bilan shartnoma imzolamaganini aytdi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 13:28
"Barselona" direktori Gilermo Amor klub nima uchun hujumchi xarid qilmaganini aytdi.

"Federatsiya bizga hozirgacha ruxsat bergani yo'q. Rasmiy javobni olmadik. Ruxsat olinganidan keyingina qaror qabul qilamiz. Ayni damda tarkibni kuchaytirish borasida qattiq ishlayapmiz", - dedi Amor.

Oldinroq "Barselona" Usmon Dembele hamda Luis Suareslarning jarohati sababli boshqa hujumchi sotib olishi borasida ma'lumotlar berilgandi. Hujumchi esa faqatgina Ispaniya chempionatida o'ynayotgan bo'lishi shart.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal