"Barselona" direktori Messining kelajagi haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2020
"Barselona" direktori Gilermo Amor jamoa sardori Lionel Messining kelajagi haqida fikr yuritdi.

"Messi "Barselona"ga ko'p narsa berdi, klub esa Messiga. Umid qilamanki, u faoliyatini shu yerda yakunlaydi. Leo bu bo'yicha o'zi bir qarorga kelishi lozim. Uning shartnoma muddati tugab bormoqda, ammo biz baribir uni "Barselona" futbolchisi deb hisoblaymiz", – deya Amorning so'zlarini keltirmoqda Marca.

Messining "Barsa" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda argentinalik klubni tark etishga harakat qilgandi.

Messi uchun davogarlar "Manchester Siti" va PSJ sanaladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca