

"Taktika nuqtayi nazaridan o'yin qiziq o'tdi deb o'ylayman. Rossiyani g'alaba bilan tabriklayman. Bunday katta stadionda, muxlislarning o'z termasi bilan bo'layotganini inobatga olsak, bizga oson bo'lmadi.
Ikkinchi bo'limda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Tanaffusdan keyin o'zimizni yaxshi ko'rsatdik. Biroq baribir ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Nima bo'lgan taqdirda ham jahon chempionati oldidan biz katta tajribaga ega bo'ldik", - dedi Amir Galenoi.



