

Unga ko'ra, JCH-2022 chorak finalidan o'rin olgan Niderlandiya – Argentina bahsining oxirlarida stadionda bo'lgan amerikalik jurnalist Grant Uol yurak xuruji oqibatida vafot etgan. Shifokorlar uning jonini saqlab qolishga uringan, ammo bu foyda bermagan.
Uolning ukasi Erikning taxminicha, akasiga Qatarda taxdid bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, 48 yoshli Grant Uol 2009 yil “Bekxem tajribasi” (The Beckham Experiment) nomli kitob yozgan. U 1996 yildan beri sport jurnalistikasi sohasida faoliyat olib borayotgandi.




